Texnologiyalar

Apple sensorli boshqaruvga ega MacBook Pro chiqaradi

Apple kompaniyasi MacBook Pro noutbuklarining sensorli ekranli versiyalarini ishlab chiqmoqda va gadjetlarni 2025-yilgacha chiqarishni rejalashtirmoqda.

“Apple muhandislari loyihada faol ishtirok etmoqda, bu esa kompaniya o‘z tarixida birinchi marta sensorli ekranli Mac kompyuterlarini chiqarish masalasini jiddiy ko‘rib chiqayotganidan dalolat beradi”, — deb yozmoqda Bloomberg nashri.

Eslatib o‘tamiz, Apple asoschisi Stiv Jobs 2010-yildagi bayonotida kompyuterlarning sensorli boshqarish usulini tanqid qilgan edi. Uning aytishicha, Mac ga sensorli ekranlarni o‘rnatish “ergonomik nuqtai nazardan dahshatli qaror” bo‘lardi.

2012-yilda esa o‘sha paytdagi Apple bosh direktori Tim Kuk Microsoft kompaniyasining planshetlar va noutbuklarni bir qurilmaga birlashtirish qarorini masxara qilgan edi.

Shuningdek, Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Apple ning sensorli ekranli noutbuklari 2025-yilda MacBook Pro ning kengroq yangilanishi doirasida sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version