Buxoro yangiliklari

Qurilish sohasida ishlashni xohlovchilarni Rossiyaga yuqori maoshli ishga taklif qilamiz!

Rossiya Federatsiyasining “SDS-Stroy” MChJ bilan tuzilgan kelishuv shartnomasiga asosan, korxona O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga taklif qilmoqda.

Ish mutaxassisliklari va oylik maosh:
1. G‘isht teruvchi (70 000 rubl);
2. Plita teruvchi (70 000 rubl);
3. Karkas konstruksiyalarini montajlovchi (70 000 rubl);
4. Elektrik (33 900 rubldan 53 300 rublgacha);
5. Santexnik (40 900 rubldan 56 300 rublgacha).

Ish beruvchi korxona tomonidan:
– yo‘l xarajatlarini to‘lab beriladi;
– patentgacha bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlarini to‘lab beriladi;
– 3 mahal issiq ovqat beriladi;
– yotoqxona bilan ta’minlanadi.

Nomzodlarga talablar:
– O‘zbekiston hududidan chiqishga taqiq bo‘lmasligi;
– 21 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lishi;
– sudlanmagan bo‘lishi;
– rus tilida boshlang‘ich darajada gaplasha olishi.

Ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolar 2023-yilning 20-yanvar kuni soat 10:30 da xorijga chiqish pasporti va shaxs guvohnomasi bilan birga Buxoro shahridagi “Ishga marhamat monomarkazi” binosiga kelishlari so‘raladi.

Manzil:
Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 13-uy.

Telefon raqamlari:
(+998) 65-226-56-99, (+998) 33-634-15-60, (+998) 93-966-99-59.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version