Maşhurlar
O‘zim o‘lganman, lekin tanam yashayapti – Parizoda Usmonova

U kasalxonaga tushib qolgani va sinovli paytlarni boshdan kechirgani haqida gapirdi.
Instabloger, tik-toker Parizoda Usmonova Instagram storisi orqali ogʻir ahvolda ekanligi haqida maʼlum qildi. U hatto jarrohlik amaliyotini oʻtkazganini ham aytdi. Lekin, qanday kasallik bilan ogʻrigani va qanaqa jarrohlik amaliyoti boʻlganligini hozircha ochiqlamadi.
“– Hayot shunday sinar ekanki, shunday dard berar ekanki, baʼzida “voy dod” degisi keladi, odamni. Hamma narsadan toʻydim, yashashni qizigʻi qolmadi, men uchun. Oʻzim oʻlganman-u, lekin tanam yashayapti. Oʻzimdan qochib ketmoqchi boʻlaman. Alloh har qadamda sinadi. Yaxshi inson boʻlishdan ham charchadim, baʼzida hammasiga qoʻl siltagim keladi”, — deb yozgan bloger.
Avvalroq Parizoda Usmonova hijobga kirgani haqida aytgandi.