Buxoro yangiliklari
Buxorodagi maktablarda ta’til muddati yana uzaytirilmoqda – manba

Xabaringiz bor, bundan avval Buxorodagi ta’lim muassasalarida oʻquv mashgʻulotlari anomal sovuq sabab, qoldirilib, ta’til muddati 11-yanvar kuniga qadar belgilangan edi. Lekin, sovuq ob-havo sharoiti viloyatimizda saqlanib turganligini inobatga olib, maktab va oliygohlarda ta‘til muddati bir necha bor uzaytirilib, oxirgi muddat 16-yanvar kuni etib belgilangan edi.
Buxoroisharif.uz insayderining xabar berishicha, viloyatimiz hududida davom etayotgan sovuq ob-havo sharoitini hisobga olib, ta’til yana uzaytirilishi kutilmoqda. Xususan viloyatimizda mavjud maktablar va boshqa barcha taʼlim muassasalarida o‘qish jarayonlari 23-yanvar kunidan boshlanadi.
Mazkur xabarni Buxoro viloyati hokimligi rasman tasdiqladi.