Özbekiston

Buxoroda Milliy gvardiya oilaviy bolalar uylaridagi sharoitlarni o‘rgandi

Joriy yilning 16-yanvar kunida Milliy gvardiya qo‘mondoni huzurida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida, hududlarda tashkil etilgan Oilaviy bolalar uylariga har bir rahbar shaxsan mas’ul ekanligi eslatilib, bolajonlarning sog‘ligi, yashash va ta’lim olishi masalalariga alohida e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Yuqorilardan kelib chiqib, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati hamda viloyat hokimligi mas’ullari tomonidan respublika hududida davom etayotgan anomal sovuq havo sharoitida, joylardagi oilalarda tabiiy gaz bosimi, elektr tarmoqlaridagi uzilishlar, xonadonlarni isitish bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi.

Tadbirlar jarayonida, elektr energiyasi ko‘p uzilishi mumkin bo‘lgan oilalarga elektrogeneratorlar taqdim etildi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version