Mashhurlar
Islom Karimovning nevarasi Maryam Tillayeva oʻz biznesini boshlamoqchi

Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning nevarasi, instabloger Maryam Tillayeva yaqin kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
U soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda kamdan-kam koʻrinish beryapti. Shunga qaramay vaqti-vaqti bilan hayotida sodir boʻlayotgan yangiliklarni oʻzining Instagram obunachilariga postlari orqali bildirmoqda. Jumladan, kuni kecha kelajakdagi rejalari haqida Instagram storisi orqali aytishga qaror qildi.
“– Nihoyat, aprel oyida diplomimni olaman. Birinchi kichik biznesimni boshlayman. Volontyorlik, atrof-muhitga xayriya qilish faoliyatimni davom etaman”, – deb yozgan Maryam.
Shuningdek, u oʻzini sanʼat sohasida ham sinab koʻrishni, koʻproq qiziqarli loyihalarda suratga tushishni istayotgani haqida qoʻshimcha qildi.
Avvalroq Maryam Tillayeva bobosi Islom Karimov bilan bogʻliq xotiralar haqida gapirgan edi.