Jahon

Korrupsiya sabab, Vyetnam prezidenti iste’foga chiqdi

Vyetnam prezidenti Nguyen Suan Fuk iste’foga chiqdi. Bu haqda “Tuoi Tre” nashri xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, prezidentning iste’fosi Vyetnam Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi tomonidan ma‘qullangan. Nguyen Suk mamlakatni 2021-yilning aprelidan buyon boshqarib kelayotgan edi.

Qayd etilishicha, prezident hukumatdagi korrupsiya mojarosi fonida o‘z lavozimini tark etishga qaror qilgan. Shuningdek, uning qo‘l ostida ikki nafar bosh vazir o‘rinbosari o‘z lavozimidan iste’foga chiqqan. Bundan tashqari, ikki vazir va ko‘plab amaldorlar jinoiy javobgarlikka tortilgan

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 15-dekabr kunidan boshlab Vyetnam AQSh mudofaa kompaniyalari vakillari bilan jangovar uchuvchisiz uchoqlar va vertolyotlar sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan edi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version