Buxoro yangiliklari

Buxoro aeroporti orqali ta’qiqlangan diniy kitoblarni olib kirishga uringan shaxs ushlandi

Respublikamiz hududiga olib kirilishi ta’qiqlangan diniy mazmundagi adabiyotlarni bojxona chegarasi orqali olib kirishga uringan shaxs Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Xususan, kuni kecha “Istanbul (Turkiya) – Buxoro (O‘zbekiston)” yo‘nalishida uchib kelgan fuqaro “Buxoro xalqaro aeroporti” ning yashil yo‘lagi orqali o‘tishga uringan payti uning qo‘l yuklarining rentgen tasviri bojxona xodimlarida shubha uyg‘otadi va bagaj xolislar ishtirokida ko‘zdan kechiraladi.

Aniqlanishicha, Turkiya aeroporti orqali uchib kelgan Q. S. ismli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yuklari oqarisa yashirilgann 20 dona diniy mazmundagi kitoblar borligi oshkor bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning mavjud tegishli xulosasiga asosan, 20 dona diniy mazmundagi kitoblardan 3 donasi O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishi ta’qiqlanganligi sababli, vaqtincha saqlovga olindi. Qolgan adabiyotlar mazmuni ko‘eib chiqilmoqda.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version