Buxoro yangiliklari

Tunlari elektr uzatuvchi “stolba” lar temirlarini o‘g‘irlagan g‘ijduvonliklar qo‘lga tushdi

2022-yilning 11 oyi davomida Navoiy va Zarafshon shaharlarini bog‘lab turuvchi, elektr uzatuvchi “stolba” lar “ugolnik” lari talon-toroj qilib kelingani aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu ishni qilgan shaxslar “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filialiga umumiy miqdorda 33 mln so‘mlik moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan IIB tomonidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor surishtiruv va tergov harakatlari olib borilgan.

Natijada, ushbu jinoyatni Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, “Todon” mahallasida yashovchi 32 yoshli erkak boshchiligida yashovchi D. H., A. D. va B. U. lar qilgani fosh etildi.

Hozirgi kunda ushbu jinoiy guruh tomonidan boshqa hududlarda sodir etilgan xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarni aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version