Mashhurlar
15 yil sartaroshlik bilan shug‘ullanganman – Sug‘diyona Azimova

Shuningdek, aktrisa san’at sohasida o‘qimaganligini aytdi.
Sug‘diyona Azimova kino olamiga kirib kelganiga 12 yil bo‘ldi va shu vaqt mobaynida o‘ndan ortiq film va seriallarda suratga tushgan. Ammo u aktrisalik bo‘yicha hech qanday mutaxassislikka ega emas. U 15 yillik tajribaga ega stilist hisoblanadi.
“– Bolaligimdan sartaroshlar faoliyatiga qiziqqanim uchun shogirdlikka tushib, sohaning sir-asrorlarini o‘rganganman. Stilistlik faoliyatimni 2007-yilda boshlaganman. U paytlarda aktrisa bo‘lishni xayolimga ham keltirmagandim. Bu sohada 15 yil faoliyat yuritdim va bu yildan boshlab, sog‘lig‘im sabab, biroz tanaffus qilishga majbur bo‘ldim. Tik oyoqda turolmayapman. Shu bois, asosiy e’tiborimni seriallardagi ishtirokimga qaratdim. Hozir 2 ta serialda suratga tushyapman”, — deydi Sug‘diyona Azimova.
Avvalroq aktrisa Instagram sahifasida yuzini plastik operatsiya qildirgani haqida aytgandi.