Buxoro yangiliklari
Jondorlik 10 yashar qizcha anomal sovuq kunlari yovvoyi qushni asrab olib, unga g‘amxo‘rlik qildi

Kuni kecha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga Jondor tumanidagi xonadonlarning birida yovvoyi qush borligi va uni tabiatga qo‘yib yuborish bo‘yicha murojaat kelib tushadi.
Xabarni olgan inspektorlar ko‘rsatilgan xonadonga borib, 10 yashar qizaloq poganka qushini sovuqda topib olgani va unga g‘amxo‘rlik qilayotgani haqida bilib olishadi. Shundan so‘ng xodimlar Luiza bilan birgalikda yovvoyi qushni Zarafshon daryosiga tabiatga moslashishi uchun qo‘yib yuborishga qaror qilishadi.
Yer sayyorasida insoniyat tomonidan tabiatga juda ko‘p hollarda beshavqat munosabat bo‘layotgan bir paytda Jondor tumanidagi 10-sonli umumta‘lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Luiza Ne’matova yovvoyi qushni sovuq kunlarda uyida asrab qolib, unga g‘amxo’rlik qilganligi uchun qizga, uning ota-onasi hamda o’qituvchilariga minnatdorlik bildiramiz