Mashhurlar
“Nomus” seriali orqali tanilgan aktrisa Dildora Zokirova turmushga chiqdi

U bu haqida o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
Bir qancha kino va seriallar, jumladan MY5 telekanalida namoyish etilayotgan milliy teleserial – “Nomus” orqali barchaga yaxshi tanish bo‘lgan latofatli Dildora Zokirova turmushga chiqdi. Bu haqidagi post uning Instagram sahifasida joylashtirildi.
“– Hayotimda nima yaxshilik yuz berayotgan bo‘lsa barchasi Allohdan. Nima yomonlik bo‘lgan bo‘lsa o‘zimdan”, – deb yozgan aktrisa.
– Har bir kunimga behisob shukur, – qo‘shimcha qilgan Dildora Zokirova.