Jahon
Buyuk Britaniya bosh vazirini ham jarimaga tortish mumkinmi?

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak xavfsizlik kamarini taqmagani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda “CNN” telekanali xabar qildi
“Lankashir okrugi politsiyasining maʼlum qilishicha, Rishi Sunak xavfsizlik kamarini taqmagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻlgan. Shundan soʻng siyosatchiga Londonda jarima toʻlashga chaqirilgan”, – deyiladi xabarda.
Maʼlum boʻlishicha, shu yilning 19-yanvar kuni bosh vazir Lankashirga tashrif buyurgan va ushbu hudud iqtisodiyotiga sarmoya kiritilishini eʼlon qilgan. Bu jarayonlarni video yozib olgan. Lavhada u harakatlanayotgan mashinaning orqa oʻrindigʻida xavfsizlik kamarini taqmagan holda oʻtirgan.
Keyinroq hukumat rahbarining vakili uning nomidan kechirim soʻradi va bu notoʻgʻri qaror ekanini aytdi.