Buxoro yangiliklari
Bungundan boshlab “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishidagi “Afrosiyob” poyezdlari harakati qayta tiklandi

Bugun, 21-yanvardan boshlab, 766/765-sonli “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishidagi “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlari qatnovlari qaytadan tiklandi.
766-sonli “Toshkent — Buxoro” yo‘nalishdagi poyezd Toshkentdan soat 18:46 ga jo‘nab, Buxoroga soat 22:36 ga kirib keladi.
765-sonli “Buxoro — Toshkent” yo’nalishdagi poyezd Buxorodan soat 04:36 ga jo‘nab, Toshkentga soat 08:21 ga kirib keladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ joriy yilning 13-yanvar kunidan anomal sovuq tufayli mazkur poyezdlar harakatini to‘xtatgandi.