Buxoro yangiliklari
Bugun, 21-yanvar kuni Buxoro tumani Raykomi birinchi sekretari Albert Almeyev vafot etdi

Uzoq yillar Buxoro tumani Raykom birinchi sekretari lavozimida ishlagan Almeyev Albert Valiyevich 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi xabar qilmoqda.
Albert Almeyev 1940-yilda Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida tug‘ilgan. 1964-yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1964-yili Buxoro tumani bosh agranomi lavozimida boshlagan. 1965–1967-yillarda Buxoro tumani Uzumchilik shirkat xo‘jaligi agranomi, 1967–1971-yillarda Buxoro tumani partiya komiteti instruktori, 1971–1976 -yillarda Buxoro tumani, Galaosiyo shahri Raykom partiya instruktori, 1976–1977-yillarda Buxoro tumani, Galaosiyo shahri Raykom partiya rahbari, 1977–1983-yillarda Buxoro tumani shirkat xo‘jaligi raisi, 1983–1984-yillarda Peshku tumani Raykom ikkinchi sekretari, 1984–1992-yillarda Buxoro tumani Raykom birinchi sekretari, 1992–1998 yillarda Buxoro viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig’ining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
U 2023-yilning 21-yanvar kuni og‘ir xastalikdan vafot etdi.
Tahririyatimiz nomidan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.