Buxoro yangiliklari
Buxorodan Toshkent shahriga avtobuslar qatnovi qayta tiklandi

Shu kunlarda shaharlararo va viloyatlararo qatnovchi avtobuslarni oʻz yoʻnalishlari boʻyicha reyslarni amalga oshirishga koʻmaklashilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati Transport boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, “Buxoro – Toshkent”, “Gʻijduvon – Toshkent”, “Qorako‘l – Toshkent” va “Shofirkon – Toshkent” yo‘nalishlarida qatnovlar amalga oshirilmoqda.
Buxorodan Toshkent shahriga avtobus qatnovlari uzluksizligini ta’minlash maqsadida ushbu yo‘nalishlarda kundalik qatnovlar to‘liq yo‘lga qo‘yildi.
Bugun, 22-yanvar kuni “Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida ertalabgi soat 08:00, 09:00, 10:00, 11:00 hamda kechki soat 20:00, 21:00, 22:00 va 23:00 da avtobus qatnovlari amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, Qorako‘l, Gʻijduvon va Shofirkon tumanlaridan Toshkent shahriga avtobuslar qatnovi ham qayta tiklandi.