Jahon
Chexiya prezidentligiga nomzod, sobiq bosh vazir Andrey Babishga tahdid qilishmoqda

Chexiya Respublikasining sobiq Bosh vaziri, prezidentlikka nomzod Andrey Babishning aytishicha, soqchilar unga rafiqasi Monika nomiga xat bergan. Maktub matnida tahdidlar yozilgan va konvert ichiga patron bo‘lgan.
“– Gap prezidentlikka nomzod va uning oila aʼzolarini qo‘rqitish haqida ketmoqda, bu erkin jamiyatda bo‘lmasligi kerak”, — dedi Babish matbuot anjumanida.
U boshqa tafsilotlarni jurnalistlarga aytishdan bosh tortgan. Hozirda politsiya tergov ishlarini olib bormoqda.
Elatib o‘tamiz, 13- va 14-yanvar kunlari Chexiyada saylovning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda NATO harbiy qo‘mitasining sobiq rahbari, zahiradagi armiya generali Petr Pavel 35,4% ovoz oldi. Babish esa 34,99% ovoz bilan 2-o‘rinni egalladi. Saylovning ikkinchi bosqichi 27- va 28-yanvar kunlari o‘tkaziladi.