Buxoro yangiliklari

Buxorodagi Tez yordam xizmati uchun 10 ta zamonaviy mashina olib kelindi

Shu kunlarda Respublika tez tibbiy yordam markazi avtobazasi 110 ta “Volkswagen Caddy” rusumli so‘nggi avlod tez tibbiy yordam mashinalari bilan boyidi.

Buning natijasida, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida eskirgan avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish ishlarini olib bormoqda.

Kuni kecha Jizzax viloyatida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov va vazirlik mas’ul vakillari ishtirokida o‘tgan yangi tez tibbiy yordam avtomashinalarini tantanali topshirish marosimida ta’kidlanganidek, “Volkswagen Caddy“ yuqori texnik ko‘rsatkichga egaligi, harakatlanish qobiliyati yuqoriligi va ixchamligi bilan ajralib turadi.

Mazkur avtomobillarni loyihalash va jihozlashda shifokor hamda bemorlarga imkon qadar qulaylik yaratishga e’tibor berilgan.

Taqsimlovga ko‘ra, mazkur transport vositalaridan 10 tasi Buxoro viloyati uchun ajratildi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version