Buxoro yangiliklari

Buxoroda Milliy gvardiya xodimlari oʻrtasida voleybol boʻyicha respublika saralash oʻyinlari oʻtkazildi

Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchi, xodimlari sportning voleybol turi bo‘yicha bahslarga kirishdilar.

Kuni kecha Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosarining tegishli farmoyishiga asosan, Buxoro shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda “Dinamo” JTSJK hamkorligida tizimda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha respublika musobaqasining saralash o‘yinlari o‘tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqalar natijalariga ko‘ra, natijalar quyidagicha:

1-o‘rin – Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi;
2-o‘rin – Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi;
3-o‘rin – Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi.

Musobaqa so‘ngida g‘oliblarga tashkilotchilarning diplom, kubok va medallari topshirildi.

G‘olib bo‘lgan jamoa joriy yilning 27-28-yanvar kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan, Milliy gvardiya qo‘mondoni birinchiligi musobaqalariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version