Texnologiyalar

Coca-Cola o‘zining “ColaPhone” smartfonini ishlab chiqarishi kutilmoqda

Coca-Cola kompaniyasi “ColaPhone” nomli brend smartfonini chiqarishga hozirlik ko‘rmoqda. Ushbu qurilma tasvirini taniqli Ice Universe insayderi o‘zining Twitter sahifasida e’lon qildi.

Nashr qilingan renderda qizil rangda ishlangan smartfon aks ettirilgan, uning orqa tomonida Coca-Cola logotipi tushirilgan. LED chirog‘i bilan to‘ldirilgan 2 ta asosiy kamera ham mavjud. Afsuski, hozirda qurilmaning texnik xususiyatlari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Ice Universe bu safar Coca-Cola brendli smartfon yaratishda aynan kimlar bilan hamkorlik qilishi mumkinligi haqida o‘z taxminlarini bildirmadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Ice Universe birinchilardan bo‘lib sharsharali ekranli smartfonlar tendentsiyasi paydo bo‘lishini bashorat qilgan. Shuningdek, iPhone X-da “portlashlar” paydo bo‘lishi, iPhone 14 ning yangi dizayni haqida gapirgan edi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version