Buxoro yangiliklari
Rossiyadagi issiqxonada ishlamoqchi bo‘lgan buxoroliklar uchun bugun tanlov o‘tkaziladi

Rossiya Federatsiyasining “Meros” korxonasi bilan tuzilgan kelishuv shartnomasiga asosan, korxona O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga taklif qilmoqda.
Ish mutaxassisliklari:
Sabzavot yetishtiruvchi.
Oylik maosh:
1 soat uchun 150 rubl (bajaradigan ish hajmiga qarab).
Ish beruvchi korxona tomonidan:
– yo‘l xarajatlarini to‘lab beriladi;
– patentgacha bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlarini to‘lab beriladi;
– 3 mahal issiq ovqat beriladi;
– yotoqxona bilan ta’minlanadi.
Nomzodlarga talablar:
– O‘zbekiston hududidan chiqishga taqiq bo‘lmasligi;
– 22 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lishi;
– sudlanmagan bo‘lishi;
– rus tilida boshlang‘ich darajada gaplasha olishi.
Ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolar 2023-yilning 26-yanvar kuni soat 13:30 da xorijga chiqish pasporti va shaxs guvohnomasi bilan birga Buxoro shahridagi “Ishga marhamat monomarkazi” binosiga kelishlari so‘raladi.
Manzil:
Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 13-uy.
Telefon raqamlari:
(+998) 65-226-56-99, (+998) 33-634-15-60., (+998) 456-16-03.