Buxoro yangiliklari

Buxoro shahridagi “Grammofon” tungi klubida 35 yoshli zo‘ravon 2 ta fuqaroni urib, yiqitdi

Buxoro shahridagi tungi klublardan birida 2 nafar fuqaroga tan jarohati yetkazgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar qilmoqda.

Joriy yilning 11-yanvar kuni soat 22:30 larda noma’lum shaxs Buxoro shahri, Abu Ali Ibn Sino ko‘chasida joylashgan “Grammofon” nomli tungi klubidagi 2 nafar fuqaro bilan hech bir sababsiz janjallashib, ularni urib, yengil tan jarohati yetkazgan.

IIB tomonidan surishtiruv harakatlari hamda kuzatuv kameralaridan olingan tasvirlarga ko‘ra, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan o‘zga fuqarolargan nisbatan zo‘ravonlik ishlatib urgan shaxs Buxoro shahri, Tagman Bofon ko‘chasida yashovchi 35 yoshli N. M. bo‘lib chiqdi.

Ayni damda mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Tergov bo‘limi tomonidan N. M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi, 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version