Sport

“Buxoro” PFK serbiyalik futbolchi Aleksandr Stanisavlevich bilan shartnoma imzoladi

Foto: “Buxoro” professional futbol klubi

Xabaringiz bor, “Buxoro” professional futbol klubi jamoasi yangi mavsumga tayyogarlikni Turkiyaning Antaliya shahridagi futbol maydonlarida olib bormoqda.

Kecha, 25-yanvar kuni jamoa safiga mahoratli futbolchi Aleksandr Stanisavlevich kelib qo‘shildi. Yangi o‘yinchi bilan kelishuv shartnomasini klub bosh direktori O‘tkir Qodirov imzoladi.

Ta’kidlash kerakki, serbiyalik hujumkor yarim himoyachi A. Stanisavlevich o‘tgan 2022-yili Navoiy viloyatining Zarafshon shahri futbol klubi – “Qizilqum” safida sermahsul mavsumni o‘tkazgan edi. Xususan, u jamoa tarkibida 6 ta gol urib, 12 golli vaziyatga asistentlik qilgan.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Stanisavlevich faoliyati davomida Serbiya, Avstriya, Gretsiya va Qozog‘iston ligalarida ham to‘p surgan. “Buxoro” PFK tarkibida esa futbolchi 2023-yil oxirigacha o‘ynashi rejalashtiilgan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version