O‘zbekiston

Internetda o‘zbekistonliklar norozilik namoyishiga chiqishgani haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda

Bugun, 26-yanvar kuni Telegram messenjeridagi ayrim xorijiy kanallarda O‘zbekistonda bir necha ming kishilik olomon norozilik namoyishiga chiqqanligi haqidagi ma’lumotlar tarqardi. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi. Bu haqida O‘zbekistonda soxta axborotlarga raddiyalar uchun rasmiy manba hisoblangan AntifakeUZ xabar qildi.

“Aslida tarqatilayotgan videomaterialda Namangan viloyatida o‘tkazilgan ko‘pkari o‘yinlariga yig‘ilgan fuqarolar tasvirlangan”, – deyiladi xabarda.

Quyida esa mazkur raddiyaga videofakt berilgan: https://t.me/repostbu/399

Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasidagi amaldagi qonunlarga ko‘ra, jinoiy javobgarlik belgilangan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version