Buxoro yangiliklari

Qorovulbozorda bir maktabning 8- va 9-sinf o‘quvchilari ommaviy mushtlashishdi. IIB holatga aniqlik kiritdi

Kuni kecha internetda Qorovulbozor tumanidagi sport majmuasida voyaga yetmaganlar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani aks etgan video joylandi. Buxoro viloyati IIB mazkur videolavha yuzasidan rasmiy ma’lumot e’lon qildi.

Videoni “Potrebitel Buxara plyus” kanali to‘liq joyladi: https://t.me/repostbu/400.

Aniqlanishicha, mazkur hodisa Qorovulbozor tumani IIB da belgilangan tartibda qayddan o‘tkazilib, ayni kunda mas’ul xodimlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, ushbu holat joriy yilning 23-yanvar kuni soat 14:00 – 15:00 oralig‘ida Qorovulbozor tumanidagi qurilishi tugallanmagan sport maydoni hududida tumandagi 8-sonli IDUM ning 2 nafar 8- va 9-sinf o‘quvchisi darsdan so‘ng o‘zaro dahanaki aytishib qolishadi. Tortishuv mushtlashishgacha boradi va bu janjalga o‘quvchilarning sinfdoshlari ham aralashishadi. 8-sinf o‘quvchilaridan biri ushbu holatni qo‘l telefonida videoga olib, o‘rtoqlariga tarqatgan.

“ – Hozirda hodisa ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritilgan bo‘lib, bolalarning birortasida tashqi tomondan tan jarohati alomatlari mavjud emas”, – deyiladi Buxoro viloyati IIB xabarda.

Shuningdek, ularning haqiqatdan ham tan jarohati olgan-olmaganliklarini aniqlash maqsadida qo‘shimcha sud tibbiy ekspertizasi tayinlandi va tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tekshiruv yakuni bo‘yicha holat ishtirokchilarining hatti-harakatlariga qonuniy baho berilib, belgilangan tartibda javobgarlik masalalari hal etiladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version