Buxoro yangiliklari
Bugun, 27-yanvar kuni Buxoro shahrining qaysi hududida elektr ta‘minoti uziladi?

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Buxoro shahridagi ba’zi mahallalarda elektr energiyasi ta’minoti vaqtinchalik to’xtatiladi, – deya xabar bermoqda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ.
Xususan, Buxoro shahridagi quyidagi mahallalari iste’molchilari bugun, 27-yanvar kuni soat 16:00 ga qadar elektr toki ta’minotidan uzib qo‘yiladi:
1. “Nizomiy Ganjaviy” mahallasi;
2. “Navro‘z” mahallasi;
3. “Bunyodkor” mahallasi;
4. “Shayx ul-Olam” mahallasi;
5. “Zarafshon” mahallasi;
6. “Behishtiyon” mahallasi;
Ma‘lumot uchun, korxona xodimlari “Markaziy” 110/35/6 podstansiyasida ish olib borishadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘z iste’molchilaridan uzr so‘raydi.