Jahon
Bugun Erondagi Ozarbayjon elchixonasida avtomat bilan bostirib kirishdi

Bugun, 27-yanvar kuni Erondagi Ozarbayjon elchixonasida avtomat bilan qurollangan shaxs bostirib kirdi. Natijada elchixona qo‘riqlash xizmat rahbari vafot etgan.
Ayni damda jinoyatchi ushlangan. U 50 yoshli Eron fuqarosi bo‘lib, binoga o‘zining avtomashinasiga kirib kelgan. Bu vaqtda mashina ichida uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari ham bo‘lgan.
Bosqinchilikning to‘liq videosi: https://t.me/repostbu/401.
Baku bosqinchilik uchun javobgarlikni to‘liq Eron hukumati bo‘yniga qo‘ymoqda. Sababi, hukumat bir necha yillardan buyon ozaybayjonliklarga nisbatan negativ propaganda olib bormoqda.
Ozarbayjon prezidenti o‘z xizmat vazifasini bajariyotib, elchixona xodimlari xavfsizligini ta’minlash uchun jon bergan katta leytenant Askerov Orxan Rizvan o‘gli yaqinlariga hamdardlik bildirib, ushbu terrorchilik harakatini keskin qoralab chiqdi.
“ – Biz ushbu terrorchilik harakatini tezroq tergov qilishni va terrorchilarning jazolanishini talab qilamiz. Diplomatik missiyalarga terrorchilik hujumlari uyushtirish mumkin emas”, – deb yozgan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘zining Twitter sahifasida.
Shuningdek, ayni damda Baku rasmiylari Erondagi elchixonadan o‘z xodimlarini evakuatsiya qilishini ma’lum qildi.