Islom
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga eng avval iymon keltirgan ayol kim bo‘lgan?

Haramda eng avval yashagan ayol — Hojardir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga eng avval iymon keltirgan ayol — Xadicha roziyallohu anhodir.
Islom yo‘lida eng avval ayol qoni oqqan, u ham bo‘lsa — Sumayya Ummu Ammor Oli Yosirdir.
Qur’oni karimdagi eng uzun uch suraning birining nomi — Niso, ya’ni, “ayollar”dir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hajjatul vado’ — vidolashuv hajida uch marotaba takrorlab: “Bas, ayollar haqida Allohdan qo‘rqinglar! Chunki siz ularni Allohning omonati ila olgansizlar”, – deganlar.
Xo‘sh, Islomdan o‘zga ayollarni bu qadar hurmatlagan boshqa biron din, mafkura bormi?
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.