Jahon

Men prezident bo‘lganimda, Ukraina nizosini 24 soat ichida to‘xtatgan bo‘lardim – Donald Tramp

AQSh ning sobiq prezidenti Donald Tramp 24 soat ichida Ukrainadagi mojaroga barham berish bo‘yicha muzokara olib borishi mumkinligini aytdi. U bu haqda kuni kecha o‘zining Truth Social ijtimiy tarmog‘ida ma’lum qilgan

“– Agar men AQSh prezidenti bo‘lganimda, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush hech qachon ro‘y bermagan bo‘lardi. Lekin hozir ham, prezident sifatida, bu dahshatli urushni 24 soat ichida tugatishga kelisha olar edim”, – deb yozgan Donald Tramp.

Tramp AQSh ning amaldagi prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining Ukrainaga nisbatan harakatlarini izohlar ekan, Kiyevga millionlab dollarlik yordam jo‘natmay, mojaroga kelishuv bilan chek qo‘yish kerakligini har doim ta’kidlab keladi.

Sobiq prezident bundan tashqari AQSh tufayli Ukrainadagi vaziyat 3-jahon urushiga aylanishi mumkinligi haqida ham aytib o‘tgan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version