Islom
Barcha dardlarga shifo bo‘luvchi duo

Imom Buxoriy va Imom Muslimning «Sahih» larida rivoyat qilinadi: Chindan ham, Nabiy alayhissalom o‘z ahllaridan bo‘lgan bemorni ko‘rgani borsalar, uni o‘ng qo‘llari bilan silardilar va aytardilar: “Allohumma Robban nasi. Azhibil ba’sa. Vashfi antash shafiy. La shifaa illa shifauka. Shifaan la yug‘odiru saqoman”.
Ma’nosi: “Ey Alloh! Odamlarning Robbi! Musibatni ketkaz! Shifo ber. Sen shifo ato qilguvchisan. Sendan boshqa shifo berguvchi yo‘qdir. Og‘riqsiz shifoni bergin”.
Foydalanilgan adabiyot: «Shifo oyatlari va ma’sur duolar» kitobi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.