Buxoro yangiliklari

Gala Osiyo shahrida bugun kun boʻyi elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi. HETK buning sababini ochiqladi

Belgilangan reja-grafikka asosan, ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Buxoro tumanidagi ba’zi mahallalarda elektr energiyasi ta’minoti vaqtinchalik to’xtatiladi, – deya xabar bermoqda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ.

Xususan, Gala Osiyo shahridagi quyidagi mahallalari iste’molchilari bugun, 30-yanvar kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar elektr toki ta’minotidan uzib qo‘yiladi:
1. “Mustaqillik” mahallasi;
2. “Navroʻz” mahallasi;
3. “Doʻstlik” mahallasi;
4. “Oybek” mahallasi;
5. “Gala Osiyo” mahallasi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘z iste’molchilaridan uzr so‘raydi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version