Buxoro yangiliklari
Vobkent va Kogon tumanlarining qaysi hududlarida bugun gaz uzatishi to‘xtaladi? Mas’ullar javob berishdi

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Vobkent va Kogon tumanlaridagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.
Xususan, Vobkent tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 30-yanvar kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi:
1. “Beshrabod” mahallasi.
Xususan, Kogon tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 30-yanvar kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi:
1. “Beklar” mahallasi;
2. “Istiqbol” mahallasi;
3. “Nurafshon” mahallasi;
4. “O‘rtacho‘l” mahallasi.
Bunga asosiy sabab, Buxoro shahridagi “Mahmud Tarobiy” MFY hududidan o‘tuvchi gaz quvurida yuzaga kelgan avariyali holatni bartaraf etish ishlari bajarilishi rejalashtirilgan.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.