Islom

Er-xotin o‘rtasida to‘shakda bo‘ladigan ishlar haqida gapirish haqida Islomda nima deyilgan?

Savol: Chimildiq kuni yangalarning yotoqxonaga kirishi, qo‘pol qilib aytganda, ularga doka berish va shunga o‘xshagan ishlar haqida nima deya olasiz?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Bu ish mutlaqo noto‘g‘ri va sharmandalikdan boshqa narsa emas. Dinimizda er-xotin o‘rtasida to‘shakda bo‘ladigan maxfiy ishlarni boshqalarga aytishdan qaytariladi.

Abu Sa’id raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni Allohning nazdida martabasi eng yomon odam ayoliga yaqinlik qilib, ayoli unga yaqin bo‘lganidan keyin sirini odamlarga yoyib yuradigan kishidir”, – dedilar (Imom Muslim va Imom Ahmad rivoyat qilganlar).

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version