Buxoro yangiliklari
Buxorodagi Ark qoʻrgʻoni zindonidagi “Kanaxona” da qaysi jinoyatchilar saqlangan?

Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi majmua haqida qiziqarli faktlarni keltirib oʻtdi.
Ark qalʼasining shimoliy-gʻarbiy qismida Buxoro amirligining qadimiy zindoni joylashgan.
“Zindon” soʻzi fors tilidan olingan boʻlib, “zinda” yaʼni tirik, don-joy maʼnosini anglatadi.
Mazkur zindon Buxoroda hukmronlik qilgan soʻnggi sulola – Mangʻitlar sulolasi hukmronligiga qadar, 1920-yilgacha faoliyat olib borgan.
Binoning kirish qismi janubiy tomondan boʻlib, kirish joyi “Miyon saroy” yoki “Darvozaxona” deb nomlangan.
Shuningdek, ushbu qadimiy qamoqxonaning 5 ta alohida xonalari boʻlib, ulardan 3 tasida asosan, qarzdorlar saqlangan. Bitta xona xizmatchilar ajratilib, binodagi soʻnggi xona “Kanaxona” deb atalib, chuqurligi 4,5 metrni tashkil qilgan. Undagi yer osti qamogʻida koʻpincha faqat siyosiy jinoyatchilar saqlangan.