Jahon

Xitoyda o‘zga sayyoraliklar ilmiy fantastika muzeyi qurilmoqda

“4pda” nashriga ko‘ra, “Zaha Hadid Architects” firmasiga Xitoyda ilmiy fantastika muzeyi qurish topshirilgan. Kelajakdagi binoning kontseptual dizayni o’z nomiga mos keladi – oqib tushayotgan suyuqlik shakldagi tom, o‘ziga xos portallar va energiya maydonlari butun dunyodan tashrif buyuruvchilarni jalb qilishi kerak.

Loyihaning bosh rejasiga ko‘ra, qurilayotgan Chengdu muzeyining ichki maydoni 59 000 m2 ni tashkil etadi. Unda ko’rgazma maydonlari, konferens-zallar, ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish uchun maxsus zonalar, tasvitiy san’at galereyalari, teatrlar, xizmat ko‘rsatish zonalari va katta markaziy atrium (cheti binolar bilan o‘ralgan, usti ochiq majmua) lar bo‘ladi.

Muzey mahalliy o‘simliklar va daraxtlardan iborat landshaft dizayni bilan uyg‘unlashib, yaxlit konstruksiya shakliga keladi. Tarnov tizimi esa shu yerdagi ko‘l bilan birlashtiriladi va Chengdudagi suv toshqini oldini olish tizimining ajralmas qismiga aylanadi.

Bu yerdagi panoramali katta derazalar yorug‘likning maksimal tushishini ta’minlaydi va tabiiy shamollatish tizimi minimal energiya sarfi bilan qulay haroratni saqlaydi. Muzeyning surreal tomiga o‘rnatilgan quyosh panellari uni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Chengdu ilmiy-fantastik muzeyi qurilishi endigina boshlangan bo‘lsa-da, 2023-yilning oxirida unda 81-Jahon ilmiy fantastika konvensiyasi va “Hugo Awards” taqdirlash marosimi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version