Buxoro yangiliklari

Buxoro shahriga tutash mahallalarda bugun, 1-fevral kuni soat 17:00 ga qadar tabiiy gaz uzatilishi toʻxtatiladi. Roʻyxat

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Buxoro tumanidagi ba’zi mahallalar va Buxoro shahridagi 1 ta MFY da tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.

Xususan, Buxoro tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 1-fevral kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi:
1. “Bogʻidasht” mahallasi;
2. “Gulshanobod” mahallasi;
3. “Dilobod” mahallasi;
4. “Zafarobod” mahallasi;
5. “Losha” mahallasi;
6. “Foshun” mahallasi.

Shuningdek, Buxoro shahridagi quyidagi mahallalar iste’molchilari ham bugun, 1-fevral kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi:
1. “Sadriddiy Ayniy” mahallasi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version