O‘zbekiston

Rasman. Metan “zapravka” lar 2-fevraldan boshlab ochiladi

Joriy yilning 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSH lar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi. Bu haqida Energetika vazirligi xabar qilmoqda.

Xabar berganimizdek, sovuq kunlarda tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish uchun avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Bugungi kunda gaz quvurlarida bosimning meʼyorga kelishi natijasida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlash imkoni yaratilmoqda.

“2023-yilning 2-fevraldan boshlab mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi”, – deyiladi Energetika vazirligi e’lon qilgan xabarda.

AGTKSH larning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi.

AGTKSH lar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib boriladi.

Aynan Buxoro viloyatidagi metan gaz quyish shaxobchalari faoliyatiga doir tasdiqlangan ma’lumotlarni keyingi maqolalarizmda berib boramiz. Bizning saytimizni kuzatib boring!

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version