Jahon
AQSh Rossiyaga aloqador o‘zbekistonliklarni sanksiyalar ro’yxatiga kiritdi

AQSh Moliya vazirligi Rossiya bilan aloqador jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan navbatdagi sanksiyalarni joriy qildi. Qora ro‘yxatga Singapur, Latviya va yana bir necha davlat fuqarolari va kompaniyalar kiritilgan.
Unda O‘zbekistonning 2 nafar fuqarosi ham bor:
1. Piflaks Gilad (1992-yilda Toshkentda tug‘ilgan, O‘zbekiston va Isroil fuqaroligiga ega);
2. Piflaks Maks Borisovich (1962-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqaroligiga ega, 2002-yilda Kiprda tashkil etilgan “Mateas Ltd.” kompaniyasi rahbari).
Ro‘yxatdagi boshqa shaxslar:
- Marks Blats (Latviya);
- Serena Bi Lin (Singapur);
- Igor Palnichenko (Kipr);
- Aleksandr Volfovits (Kipr, Isroil);
- Ariel Volfovits (Kipr);
- Stanislav Volfovits (Kipr, Isroil);
- Igor Zimenkov (Isroil, Rossiya);
- Natan Zimenkov (Rossiya).
Yuridik shaxslar ro‘yxati:
- Asia Trading & Construction PTE LTD (Singapur);
- DES Defense Engineering Solutions LTD (Isroil);
- Elektrooptika SIA (Latviya);
- GBD LTD (Kipr);
- GMI Global Manufacturing & Integration LTD (Kipr);
- Kliosa LTD (Kipr);
- Mateas LTD (Kipr);
- Pitaron LTD (Kipr);
- Terra-AZ LTD (Kipr);
- Texel FCG Technology LTD (Isroil);
- U-Stone LTD EOOD (Bolgariya);
- VFC Solutions LTD (Kipr).
“Rossiya AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun «qo‘g‘irchoqlar» dan foydalanishga urinmoqda. Bu umidsiz urinishlar sanksiyalar Rossiya harbiy-sanoat kompleksi uchun Putinning urush mashinasini qayta ta’minlashni ancha qiyinlashtirganini va qimmatga tushganini ko‘rsatmoqda”, – deydi AQSh moliya vaziri o‘rinbosari Uolli Adeyyemo.
AQSh Moliya vazirligining ta’kidlashicha, yuqorida sanab o‘tilganlar Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlash maqsadida sanksiyalardan qochgan jismoniy va yuridik shaxslardir.