Buxoro yangiliklari

Bugun, 2-fevral kuni G‘ijduvonning qaysi mahallalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi?

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, G‘ijduvon tumanidagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.

Xususan, G‘ijduvon tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 2-fevral kuni soat 14:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi:

1. “Denov” mahallasi;
2. “Tozagari” mahallasi;
3. “Sharq” mahallasi.

Bunga asosiy sabab, mazkur hududlar aholisini tabiiy gaz bilan taʼminlayotgan quvurlarda yuzaga kelgan avariyali holatni bartaraf etish ishlari bajarilmoqda.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version