Buxoro yangiliklari

Juma, 3-fevral kuni Buxoro shahrining qaysi mahallalari tabiiy gazdan uzib qo‘yiladi? Ro‘yxat

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Buxoro shahridagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.

Xususan, Buxoro shahridagi quyidagi mahallalar iste’molchilari 2023-yilning 3-fevral kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi:

1. “Losha” mahallasi;
2. “Bahouddin Naqshband” mahallasi;
3. “Yoshlik” mahallasi;
4. “Navbahor” mahallasi;
5. “Sifat Muniy” mahallasi;

Bunga asosiy sabab, Buxoro shahridagi Xalqlar do‘stligi, Alpomish, Namozgoh ko‘chalaridan o‘tuvchi yer osti va yer usti turli xil kesimdagi gaz quvurlaridagi avariyali holatni bartaraf etish ishlari bajariladi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version