Buxoro yangiliklari
Bugun, 3-fevral kuni Buxoro shahrida issiq suv va “otopleniye” to‘xtatiladi

2023-yilning 3-fevral kuni Buxoro shahridagi ko‘p qavatli uylarda issiq suv va issiqlik ta’minoti uzatilishi to‘xtatiladi. Bu haqida Buxoro viloyati “Issiqlik manbai” DUK xabar qilmoqda.
Buxoro shahridagi “RK-2” qozonxonasi tomonidan issiqlik ta’minoti yetkazib beriluvchi quyidagi ko‘chalar iste’molchilari:
1. Qayum Murtazoyev ko‘chasi;
2. Islom Karimov ko‘chasi;
3. Piridastgir ko‘chasi;
4. Navoiy shoh ko‘chasi.
Mazkur qozonxona hududdagi jami 83 ta ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatadi.
Buxoro shahridagi “RK-3” qozonxonasi tomonidan issiqlik ta’minoti yetkazib beriluvchi quyidagi ko‘chalar iste’molchilari:
1. Abdurahmon Jomiy ko‘chasi;
2. Abdulaziz Somiy ko‘chasi;
3. Piridastgir ko‘chasi.
Mazkur qozonxona hududdagi jami 153 ta ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatadi.
Issiqlik ta‘minoti uzatilishi to‘xtatilishining asosiy sababi, shu kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar korxona tasarrufidagi “RK-2” va “RK-3” markazlashgan qozonxonalariga keluvchi magistral gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib boriladi.