O‘zbekiston
“Karvon” buyum bozori oldidagi tunnel qachon foydalanishga topshiriladi? Obyekt haqida faktlar

Bugungi kunda Buxoro shahrida yo‘l qurilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan eng katta loyihalardan biri — bu M37 “Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 264-kilometri (“Karvon” buyum bozori oldi) da yer osti o‘tish yo‘li hisoblanadi. Obyektdagi ishlar Murod Berdiyev rahbarligidagi “Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish” UK bunyodkorlari tomonidan bajarilmoqda.
Piyodalar yer osti o‘tish yo‘lining uzunligi 32 m, kengligi 4,5 m, balandligi 2,5 m dan iborat. Qurilishda 250 metr3 beton, 20 t armatura, 1 000 m2 granit va boshqa qurilish materiallari ishlatilishi ko‘zda tutilgan.
Yo‘lning har ikki tomonida “Karvon” buyum bozori va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti joylashganligi, qolaversa, ushbu manzil Buxoro shahriga kiraverish joyi hamda xalqaro ahamiyatdagi qismi bo‘lganligi bois avtomashinalar va piyodalar qatnovi juda yuqori ekanligi sabab ham bu yerda yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagining qurilishi, yo‘l harakati ishtirokchilari xavfsizligi nuqtai nazaridan qarasak, haqiqatdan-da dolzarb masaladir.
Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha kecha, 2-fevral kuni viloyat hokimi Botir Zaripov mazkur manzilda bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi. Loyihaning tirbandlik va harakat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati xususida to‘xtalib, yerosti yo‘li qurilishida avvalo sifatga e’tibor qaratish lozimligini bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar bergan.
Tahririyitamizga kelib tushgan xabarlar asosida buxoroliklarning ko‘pchiligini o‘ylantiradigan savolga javob berishga harakat qilamiz. Xo‘sh, mazkur tunnel qachon foydalanishga topshiriladi?
Internet nashrimiz tasdiqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro shahridagi birinchi hisoblangan mazkur yer osti o‘tish yo‘li (yangidan qurilgan) joriy yilning 15-fevraliga qadar foydalanishga tioshirish ko‘zda turilgan. Kutilmagan holat yoki loyihaga o‘zgartirishlar kirgizilmasa, to‘liq ishga tushgan obyektga 2 haftadan so‘ng tashrif buyuramiz.
Muallif: Sanjar Nazarov, Buxoroisharif.uz internet nashri bosh muharriri va asoschisi.