Texnologiyalar
Eng kuchli Android smartfonlarining reytingi yangilandi. Unda birorta ham Samsung modeli yo‘q

Mashhur AnTuTu benchmarkini ishlab chiquvchilari eng kuchli Android smartfonlarining yangilangan reytingini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, yanvar holatiga ko‘ra ro‘yxatda ba’zi o‘zgarishlar yuz bergan va barcha raqobatchilarni chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lgan yetakchi ham almashgan.
2023-yil 31-yanvar holatiga ko’ra reytingidagi eng kuchli Android smartfoni – OnePlus 11 bo‘ldi.
Qurilma ushbu reytingdagi boshqa smartfonlarning aksariyati kabi yangi flagman Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 protsessori bilan jihozlangan.
Reytingdagi ikkinchi va uchinchi o‘rinni iQOO 11 Pro va Vivo X90 Pro+ egalladi. OnePlus 11 singari, ularda ham Snapdragon 8 Gen 2 protsessoridan, LPDDR5X operativ va UFS 4.0 doimiy xotirasidan foydalanilgan.
AnTuTu reytingida 4-dan 10-o‘ringacha quydagilar joy olgan:
- Nubia Red Magic 8 Pro+
- iQOO 11
- Redmi K60 Pro
- Vivo X90 Pro
- Xiaomi 13 Pro
- Xiaomi 13
- Vivo X90
Shu bilan birga yanvar reytingidagi TOP10 talikda birorta ham Samsung modeli yo’q.