O‘zbekiston

Prezident qaroriga ko‘ra, anomal sovuqdan zarar ko‘rgan tadbirkorlarga yengilliklar berildi

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari 3 kundan buyon vodeiy viloyatlarida amaliy tashrif bilan bo®lib turibdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishishdir. Shavkat Mirziyoyev bugun, 3-fevral kuni Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“– Bu yil qish nihoyatda sovuq keldi. Ko‘plab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib turibman“, — dedi Prezident tadbirkorlar bilan uchrashuvda.

Muloqotda ma‘lum qilinishicha, respublikada anomal sovuq harorati kuzatilgan kunlari 3 000 ta hududiy sanoat korxonasida 7 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilmagan. Ushbu korxonalarda band aholi soni esa 350 000 nafarni tashkil qiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, zarur choralar ko‘rilmasa, birinchi chorakda yalpi mahsulot o‘sishi 1,5% gacha pasayishi mumkin (prognoz qilingan 5% dan 3,5% ga).

“– Oldimizda dolzarb vazifa — qattiq sovuq oqibatlarini bartaraf etib, biznes faoliyatini tezroq izga tushirish”, — dedi Shavkat Mirziyoyev uchrashuv davomida.

Yuqoridagilarni inobatga olib, iqtisodiyotda yo‘qotishlar o‘rnini qoplash va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun Prezident alohida qarorni imzolangan.

Unga ko‘ra, quyidagilar nazarda tutilgan:

  • 2 000 nafar kichik va o‘rta tadbirkorlarning yanvar — martda muddati keladigan 4,7 trillion so‘m kredit to‘lovlari 1-iyunga qadar uzaytiriladi;
  • 29 000 ta tadbirkorning 2 trillion so‘m soliqdan qarzini 1-iyulga qadar foizsiz, qo‘shimcha garovsiz va “penya” siz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi;
  • quvvati pasaygan 545 ta sanoat korxonasiga ishlab chiqarishni tiklash va aylanma mablag‘ uchun 8 trillion so‘m kredit ajratiladi;
  • nosoz uskunalarni ta’mirlashga kreditlar ajratiladi. Ular bo‘yicha 2,5 milliard so‘mgacha kafillik beriladi va kredit stavkasining 4,5% qoplab beriladi;
  • 27 000 ta tadbirkor uchun davlat mulki ijara to‘lovi 1-aprelga qadar o‘zgarmaydi va uni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi (tadbirkorlarda 52 milliard so‘m qoladi);
  • davlat mulkini sotib olgan tadbirkorlar uchun to‘lovlar, foiz va “penya” 1-aprelga qadar to‘xtatib turiladi;
  • ishlab chiqarish binolarining har bir yuqori qavati uchun tadbirkorlarga mol-mulk solig‘idan 10% dan chegirma beriladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version