Buxoro yangiliklari

Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida maxsus guruh nima qilyapti?

Kuni kecha Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida Tabiiy resurslar vazirligining Muhofaza etiladigan tabiiy hududlari vakillari uchun “Huquqni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar qildi.

Unda ishtirokchilar 2 ta guruhga bo‘lingan holda AQSh O‘rmon xizmatidan tashrif buyurgan 2 nafar ekspert rahbarligida navigatsiya asoslari, kamuflyaj va yashirinish (maskirovka), individual taktik harakatlar, qoidabuzarlarni aniqlash va ularga qarshi kurashish tartibi, pistirma-kuzatuv punktlarini o‘rnatish va so‘zsiz muloqot kabi mavzular amaliy misollar yordamida o‘rgatildi. Bilimlarni mustahkamlash esa Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida hududida o‘tkazildi.

3 kunlik seminar yakunida tashkilotchilar va ekspertlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar inspeksiyasi xodimlarining kasbiy mahorati, amaliy ko‘nikmalari va zukkoligi kelajakda rejalashtirilgan tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlashdi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version