Jahon

Pitsa tayyorlovchi fransiyalik oshpaz 16 yildan beri politsiyadan qochib yurgan “mafiyachi” ekan

Interpol Fransiya sharqidagi Sent-Etyen shahrida 16 yil davomida qochib yurgan mafiya a’zosi qo‘lga olingani haqida xabar berdi, – deb yozdi Euronews axborot agentligi.

Ma’lum qilinishicha, “Ndrangeta” nomli kalabriya mafiyasi a‘zosi sifatida bilan tanilgan 63 yoshli Edgardo Greko o‘tgan haftaning payshanba kuni hibsga olingan.

U 1991-yil yanvar oyida 2 ta qotillik va 1991-yil iyul oyidagi qotillikka urinish jinoyatlari uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Qayd etilishicha, Fransiya politsiyasi E. Grekoni xalqaro hamkorlikdagi I-Can loyihasi doirasida (Interpolning “Ndrangheta” ga qarshi hamkorligi) italyan karabinerilari tomonidan baham ko‘rilgan maʼlumotlarga asoslanib hibsga oldi. Italiya ichki ishlar vaziri Matteo Piantedosi ushbu muhim qo‘shma operatsiyadan juda mamnun ekanini bildirgan.

E. Greko Shu vaqtga qadar Sent-Etyendagi pitsaxonasida Paolo Dimitri ismi bilan pitsa tayyorlagan, – deya yozmoqda Italiyaning AGI axborot agentligi.

Yana bir taxminlarga ko‘ra, u o‘zi yashagan Kozensa shahridagi Perna-Pranno klanining a’zosi bo‘lgan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version