Buxoro yangiliklari
Buxoro xalqaro aeroporti orqali tarixiy ahamiyatga ega tangalarni xorijga olib chiqishga urinish bartaraf etildi

Kuni kecha Buxoro xalqaro aeroportidan “Buxoro (O‘zbekiston) — Domodedovo (Rossiya)” yo‘nalishida chiptasi bor bor fuqaro bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatiladi. Buning sababi, uning bagaji rentgen tasvirlari xizmat olib borayotgan xizmat vakillarida shubha uyg‘otadi. Bu haqda Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Tegishli tartibda to‘liq ko‘rik o‘tkazilishi natijasida, xorijiy davlatga chiqmoqchi bo‘lgan fuqaroning yuk bagajidan jami 27 dona tarixiy tangalar topilgan. Amaldagi qonunchilikkka ko‘ra, unda maxsus ruxsatnoma bo‘lishi kerak edi.
Shunga ko‘ra, yo‘lovchi tomonidan moddiy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga bo‘lgan urinishi bartaraf etildi.
Eslatib o‘tamiz, bojxona chegarasidan harakatlanish chog‘ida zarb etilganligiga 50 yildan oshgan tangalarni faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining tegishli xulosasiga asosan, olib chiqib ketishga ruxsat etiladi.