O‘zbekiston

Yevropada qurilish sohasida ishlashni xohlaysizmi?

Yevropa ittifoqi a’zosi hisoblangan Ruminiya Respublikasidagi korxona kelishuv shartnomasiga muvofiq, mamlakatimiz fuqarolari uchun qurilish sohasiga suhbat asosida ishga taklif qilmoqda.

Ish mutaxassisliklari:

  1. Elektr ta’minoti mutaxassisi (elektrik);
  2. Payvandchi;
  3. Beton quyuvchi;
  4. Bo‘yoqchi;
  5. Mashina operatori;
  6. Kafel va bruschatka teruvchi;
  7. Duradgor;
  8. Santexnik;
  9. Tozalovchi.

Ish vaqti:
Haftasiga 40–48 soat.

Ish haqi:
$720 dan boshlanadi (soliqlar chiqarib tashlanganda).

Ish beruvchi korxona tomonidan:
– O‘zbekistondan Ruminiyagacha aviachipta;
– Ruminiya ishchi vizasi va ishlash ruxsatnomasi;
– tibbiy va boshqa sug‘urtalar;
– 1 mahal bepul ovqat (tushlik);
– yotoqxona.

Nomzodlarga talablar:
– O‘zbekiston hududidan chiqishga taqiq bo‘lmasligi;
– 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi;
– qurilish sohasida sertifikatga ega bo‘lishi;
– qurilish sohasida kamida 3 yillik tajriba;
– sudlanmagan bo‘lishi;
– rus yoki ingliz tilini bilishi.

Suhbat uchun ro‘yxatdan o‘ting: https://docs.google.com/forms/d/1RZAdjkKvxymP9AGwe0xIvHYr5-KkveLy7vP6Lp1hca0/.

Diqqat! Suhbatda faqat sertifikati bor va yuqoridagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar ishtirok etadi.

Ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolar o‘zlari bilan 5×5 o‘lchamdagi foto, xorijga chiqish pasporti va shaxs guvohnomasi bilan birga Buxoro shahridagi “Ishga marhamat monomarkazi” binosiga kelishlari so‘raladi.

Manzil:
Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 13-uy.

Telefon raqamlari:
(+998) 65-226-56-99, (+998) 33-634-15-60, (+998) 93-966-99-59.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version