Texnologiyalar

Instagram odamlarni tushkunlikka soladi – milliarder Ilon Mask

Amerikalik milliarder tadbirkor, SpaceX va Tesla egasi, shuningdek, Twitter ijtimoiy tarmogʻi boshqaruvchisi Ilon Maskning taʼkidlashicha, Instagramdagi fotolarni ko‘rish odamlarni tushkunlikka solishi mumkin. Bu haqda Business Insider nashri xabar bermoqda.

“– Instagram odamlarni tushkunlikka soladi, Twitter esa ularni g‘azablantiradi. Qaysi biri yaxshiroq?”, – deb yozdi Ilon Mask oʻzining Twitter sahifasida.

Bunga javoban foydalanuvchilardan biri Twitter g‘azabga solmasligini, balki ko‘proq kuldirishini ma’lum qildi. Ilon Mask ham uning fikriga qoʻshilishini, uning o‘zi ham Twitter dagi postlarini o‘qib, ko‘p kulishi haqida gapirdi.

Maskning aytishicha, Instagramning asosiy kamchiligi “odamlar hayotini boridan-da yaxshiroq ko‘rsatish”. Uning fikricha, Instagram foydalanuvchilarini o‘zini yaxshiroq va baxtliroq ko‘rsatishga majburlaydi.

“– Foydalanuvchilar chiroyli va baxtiyor odamlarni ko‘rib, o‘zini unchalik chiroyli va baxtiyor emasdek his qilishi mumkin. Bundan o‘zini g‘arib degan xulosaga borishadi”, – deb yozdi Ilon Mask.

Bundan avval milliarder internet foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqlardan vaqtincha voz kechishni ham bilishi kerakligi haqida aytgandi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version