Buxoro yangiliklari
Buxoro shahrida YPX inspektori tomonidan toʻxtatilgan avtomashinadan taqiqlangan buyumlar chiqdi

Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari va boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida muntazam ravishda reyd hamda nazorat tadbirlarini olib borishmoqda. Xususan, xodimlar koʻchalarda, jamoat joylarida, bozorlar va supermarketlar hududida, YPX inspektorlari yoʻllarda, mahalla posbonlari esa oʻzlariga biriktirilgan hududlarda xizmat vazifalarini olib borishmoqda.
Kuni kecha oʻtkazilgan ana shunday tadbirlarning birida Buxoro sharining markaziy koʻchalarning birida yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan avtomashina koʻrik uchun toʻxtatiladi. Tekshiruv vaqtida salon ichidan 1 dona oshxona pichogʻi (gʻilofsiz) va 1 dona qoʻl jangi uchun ishlatiladigan kastet chiqadi.
Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ish ochilib, hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, IIB xodimlari viloyatning barcha hududlarida jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, insonlarning hayoti va salomatligi, mol-mulklari daxlsizligini ta’minlash maqsadida kunu-tun xizmat olib bormoqda.